Sifatni boshqarish tizimi

Sifatni boshqarish tizimi

“Neftgaz va Kimyo Mashinasozlik Zavodi" AJ da 2003 yildan boshlab ISO 9001:2000 sifatni boshqarish menejment tizimi amal qilib keladi. Korxona 2003 yilda BVQI, 2006 yilda esa TUV CERT sertifikatlarini qo'lga kiritgan. 2007 yildan boshlab korxonada kasbiy xavfsizlik va sog'liqni saqlash bo'yicha OHSAS 18001 xalqaro standarti borasida faol ishlar olib borilmoqda. Bu o'tish jarayoni korxonaga sifatni boshqarish tizimiga amal qilishi orqali ishlab chiqarilgan mahsulotlarni, shu bilan birga barcha ishlab chiqarish jarayonlarini tubdan yaxshilash imkonini yaratmoqda.

Korxonada sifatni nazorat qilish

Zavodning texnik nazorat bo'limi korxona ishlab chiqargan mahsulotlarni me'yoriy texnik hujjatlar va sifatni nazorat qilish talablari asosida amalga oshiradi. Mahsulot sifatini nazorat qilish o'z ichiga quyidagilarni oladi:

  • mahsulot sifatini barcha loyihalash, texnologik jarayonlar, xom-ashyo butlovchi mahsulotlar, metrologik ta'minlash va tayyorlashgacha bo'lgan barcha jarayonlar;
  • korxonaga olib kelinayotgan barcha materiallar va butlovchi qismlar sifatini nazorat qilish;
  • mahsulotlarni identifikatsiya qilish;
  • shlab chiqarish sexlarida mahsulotlarning qismlari va bo'g'imlarini nazorat qilish;
  • metall prokatlar, qismlar va payvandlash materiallarini mexanik, kimyoviy va metallografik tadqiq qilish;
  • radiografik, ultrotovush va rangli defektoskopiya usullari yordamida payvandlash choklari va asosiy metallarni nazorat qilish;
  • termik qayta ishlash orqali nazorat qilish;
  • barcha tadqiqot usqunalari, asboblar va ish qurollarini kalibrovka qilish;
  • uskunalarni chidamliligi va germetikligini tadqiq qilish;
  • uskunalarni qadoqlash va yuklash;
  • buyurtmachiga mahsulotning sifat sertifikati va pasportini topshirish.

Sifatni nazorat qilish tizimida ishlab chiqarishning har qanday bosqichida texnologik jarayonlar rentgen plenkalari, termik qayta ishlash kartogrammalari sertifikatlariga mos olib borish ko'zda tutilgan.

 

 

 

Yangiliklarga obuna

Siz yangiliklari «Neftgaz va Kimyo Mashinasozlik Zavodi» AJ obuna mumkin

So'rov

Bizning sayt sizga ma'qulmi

ha - 0%
yo'q - 0%

Total votes: 0