Maxsulot Turi

ISSIQLIK ALMASHISH USKUNASI

Qobiq naychali issiqlik alishish apparatlari neft, neftni qayta ishlash, kimyo, gaz va boshqa sanoat tarmoqlarida suyuqlik, gaz, bug' va ularning aralashmalarini isitish, sovutish, kondensatsiyalash va bug'latish uchun mo'ljallangan.
“Neftgaz va Kimyo Mashinasozlik Zavodi” AJ quyidagi issiqlik almashish turlarini ishlab chiqarishni o'zlashtirgan:
  • Harakatsiz naychali panjaralar (“N” turi);
  • Qobig'ida harorat kompensatori bilan (“K” turi);
  • Suzuvchi boshchali (“P” turi);
  • "U'' ko'rinishidagi naychalar bilan (“U” turi);
  • Ikkitali naychali panjara bilan;
  • Tabiiy va majburiy sirkulyatsiyaga ega bug'latish apparatlari.
Apparatlar standart ko'rinishda hamda individual texnik loyihalar asosida tayyorlanishi mumkin. Appartlarni ishlab chiqarishda uglerodli va zanglamaydigan po'latning barcha turlari, shuningdek titanli qotishmalardan foydalaniladi. Buyurtmachining talabiga binoan, apparatlar O'zbekiston Respublikasi standartlari bo'yicha yoki xalqaro me'yorlar asosida tayyorlanishi mumkin.
Bug'lash apparatlari turli mineral tuzlar, organik yarim tayyor mahsulotlar va o'g'itlar, oqsil-vitaminli konsentratlar, ozuqa achitqilari va boshqa mahsulotlarni ishlab chiqarishda suv eritmalarini konsentratsiyalash, shuningdek turli eritmalarni texnologik davrga qaytarish maqsadida regeneratsiya qilish hamda sanoat oqavalarini yog'sizlantirish uchun qo'llaniladi.

ISSIQLIK ALMASHISH USKUNASI

USTUNLI APPARATLAR

Ustunli apparatlar kimyoviy, neftni qayta ishlash, neftkimyo va boshqa sanoat tarmoqlarida issiqlik va og'irlik alishuvi (rektifiksiya, distillyatsiya, absorbsiya, desorbsiya) jarayonlarini o'tkazish uchun mo'ljallangan.
Zavod spirtli, kimyoviy va neftkimyo tarmoqlari uchun og'irlik alishish qurilmalarini hisoblash, loyihalash va tayyorlash, shuningdek ekologik gaz tozalashni o'rnatish ishlari bilan shug'ullanadi. Ustunli apparatlar transportirovka va montaj sharitlaridan kelib chiqqan holda, butun payvandlangan yoki alohida bloklarga ajratilgan ko'rinishda tayyorlanib, zarur vaziyatda appartga termoishlov beriladi. Zavod ustunli apparatlarni uglerodli, zanglamaydigan po'latlarning barcha turlari va titanli qotishmalardan tayyorlaydi.
Ustunli apparatlar standart og'irlik almashish likobchalarining barcha turlari, shuningdek doimiy bo'lmagan nasadkali tur bilan ishlanadi. Iste'molchilarga yuqori samarali aloqa qurilmalarining nostandart konstruksiyalari taqdim etiladi.

SIG'IMLI USKUNA

Payvandlangan sig'imli po'lat apparatlar suyuq va gaz tuzilmali mahsulotlarni ortiqcha, atmosfera bosimi ostida va vakuumda qabul qilish, saqlash va topshirish uchun mo'ljallangan.
“O'zbekkimyomash” OAJ quyidagi ishlab chiqarishlar uchun turli sig'imdagi uskunalarni yaratish imkoniga ega:
  • neftgaz qazib chiqarish
  • neftgaz qayta ishlash
  • kimyo va neftkimyo
  • energetika
  • oziq-ovqat ishlab chiqarishlari
SIG'IMLI USKUNA

HAVOLI SOVUTISH APPARATLARI

Zigzag shaklli 1AVZ, 2AVZD va gorizontal 2AVG, kam terchilaydigan AVM (gorizontal va vertikal). Barcha apparatlar 6,3 MRa gacha bo'lgan bosim uchun chiqariladi.
Hozirda AVG-75 (7,5 MRa gacha bosim) va AVG-160 (16,0 MRa gacha bosim) havoli sovutish apparatlari ishlab chiqarilmoqda.
Ular neftni qayta ishlash, neftkimyo va boshqa sanoat tarmoqlaridagi ishlab chiqarishlarda gaz, bug' tuzilishli va suyuq vositalarni ssovutish va kondensatsiya qilish uchun mo'ljallangan. Apparatlar atrof-muhitdagi xavo haroratning kattaroq intervalida aniq texnologik paramertlarni ta'minlash va past havo harorati sharoitlarida mahsulotning sovuq urishini oldini olish imkonini beruvchi isitilgan havo qayta sirkulyatsiyasi tizimi bilan jihozlanishi mumkin.

HAVOLI SOVUTISH APPARATLARI

SEPARATSIYA USKUNASI

“Neftgaz va Kimyo Mashinasozlik Zavodi” AJ quyidagilarni taqsimlash uchun separatorlar va turli toifadagi filtrlarni hisoblash, loyihalash va tayyorlash bilan shug'ullanadi: 
  • ikki fazali tizimlar: gaz-suyuqlik, gaz-qattiq zarralar, suyuqlik-qattiq zarralar, og'ir-yengil suyuqlik;
  • uch fazali tizimlar: gaz-og'ir-yengil suyuqlik, gaz-suyuqlik-qattiq zarralar.
Separatsiya uskunasi dastlabki tozalash va birdan otilishlardan himoyalash, oraliq va yakuniy tozalash uchun, shuningdek taqsimlovchi va filtrlar sifatida qo'llanilishi mumkin. Zavodda markaziy ta'sir yordamida to'rli va jalyuzi turidagi separatorlar va separatsiya moslamalari ishlab iqariladi. “O'zbekkimyomash zavodi” OAJ tomonidan ishlab chiqarilgan separatsiya uskunasi O'zbekiston Respublikasi hamda boshqa xorijiy mamlakatlardagi neftgaz, kimyo, oziq-ovqat va boshqa tarmoqlarda yaxshi tavsiyalarga ega.

SEPARATSIYA USKUNASI

TURBOKOMPRESSORLAR

Turbokompressorlar havo va agressiv bo'lmagan gazlarni siqish va tortib olish uchun mo'ljallangan. Ular kimyo, metallurgiya, kokskimyo korxonalarida, achitqili va shakar ishlab chiqarishlari, elektr stansiyalari, sanoat ventilyatsiyasi tizimlari, pnevmotransport qurilmalari, tozalash inshootlari va boshqalarda ishlatilishi mumkin. Turbokompressorlar tuzilish oddiyligi va foydalanishda ishonchliligi bilan ajralib turadi.
Shu bilan birga, ehtiyot qismlarini yetkazib berish va servis xizmati amalga oshiriladi.

TURBOKOMPRESSORLAR

NASOS USKUNASI

  • «VVN» VAKUUMLI SUV AYLANALI NASOSLAR
  • "NSSGA" VA "К" TOIFALI NASOS AGREGATLARI
  • «D» и «Х» TOIFALI NASOS AGREGATLARI
  • «NFG» TOIFALI NASOS AGREGATLARI
NASOS USKUNASI

BURG'ILASH USKUNASI

Tebranuvchi-dastgohlar
Tebranuvchi-dastgoh shtangali quduq nasosining individual privodi hisoblanib, neftni mexanizatsiyalashgan yo'l bilan qazib olinishi uchun mo'ljallangan.
O'zbekiston Respublikasi korxonalarida import o'rnini bosuvchi mahsulotni joriy qilish zaruriyati mavjudligi tufayli, “Neftgaz va Kimyo Mashinasozlik Zavodi”AJ tomonidan quyidagi turdagi tabranuvchi-dastgohlarni loyihalash va ishlab chiqarish o'zlashtirildi:
  • TD UZ-12-5,0-5600 salnikli shtokda 120 kN dan ortiq bo'lmagan yuklanish bilan
  • TD UZ-10-3,0-5600 salnikli shtokda 100 kN dan ortiq bo'lmagan yuklanish bilan
  • TD UZ-8-3,5-4000 salnikli shtokda 80 kN dan ortiq bo'lmagan yuklanish bilan
  • TD UZ-6-2,1-2800 salnikli shtokda 60 kN dan ortiq bo'lmagan yuklanish bilan
“Kaskad 40” burg'ilash eritmasi degazatorlari
  • Quduqlarni qazishda neftgaz holatlarini bartaraf etish jarayonida burg'ilash eritmalarini degazatsiya qilishi uchun mo'ljallangan.
  • Neftgaz sanoatida ishlatiladi.
VS-1 vibroto'ri
  • Burg'ilash eritmasidan qattiq zarralarani ajratish va olish uchun mo'ljallangan.
  • Neftgaz sanoatida ishlatiladi.
Burg'ilash uskunasiga ehtiyot qismlar
  • UNB-600 nasosiga ehtiyot qismlar
    • UNB-600 nasosiga porshen shtoki gaykaga/bilan
    • 4066.53.514 – polzuni shtoki
    • Kreyskopf barmog'i
    • Kreyskopfni yo'naltiruvchi ustki
    • Kreyskopfni yo'naltiruvchi ustki
    • Kreyskopf nakladkasi
    • UNB-600 nasosi shatuniga cho'yan vtulka
    • UNB-600 nasosi gidroqutisiga klapan usti qopqog'i
    • Kardan vali shlits vtulkasi               
  • 9T nasosiga ehtiyot qismlari
    • 9T nasosiga gaykali va gaykaga proshen shtoki
  • NB-125 (9MGR) nasosiga ehtiyot qismlar)
    • NB-125 (9MGR) nasosiga gaykali va gaykaga proshen shtoki
  • UV-250 vertlyugiga ehtiyot qismlar                   
    • UV-250 vertlyugi oziqlanish naychasi
    • 4066.46.037-1 vertlyug vtulkasi
    • LBU-1200 chig'iriga ehtiyot qismlar
    • LBU-1200 chig'iri tortuvchi vinti
    • LBU-1200 fraksion katushka uchun bandaj
    • Kermach tasma
  • MG2-4X loy qorishtiruvchi ehtiyot qismlar
    • Chap va o'ng lopastlar
    • 2MG2-4X 02.-00-04 salnik korpusi
    • MG2-4X.03.00.02 vali
    • MG2-4X.03.00.02 shkivlari
    • Z-13, Z-14 MG2-4X.03.00.03. shesternyalari
    • MG2-4X.02.00.07 salnigi
    • Z-47, Z-50 MG2-4X 00.00.023 tishli g'ildirak 
    • Katta korpus podshipniki
    • Kichik korpus podshipniki
    • Burg'ilash nasoslari uchun 20 turdan ortiq proshenlar;
    • Burg'ilash nasoslari uchun 10 turdan ortiq klapanlar;
    • Burg'ilash qurilmasi pnevmatik tarmog'i uchun 2 turdagi vertlyujlar;
shuningdek boshqa turdagi ehtiyot qismlar va neft sanoat uskunasi uchun 100 dan ortiq turdagi rezina texnik buyumlar.

BURG'ILASH USKUNASI

XIT

  • Turli ko'rinishdagi oshxona vositalari
  • GGIIV-3,65 infraqizil nurli gaz gorelkalari
  • Maishiy gaz ballonlari

BIOGAZ O`SIMLIK

Yangiliklarga obuna

Siz yangiliklari «Neftgaz va Kimyo Mashinasozlik Zavodi» AJ obuna mumkin

So'rov

Bizning sayt sizga ma'qulmi

ha - 0%
yo'q - 0%

Total votes: 0