Loyihalashtirish

Korxonaning asosiy texnik xizmat turlaridan biri bosh konstruktrlik bo'limi bo'lib, u o'zida beshta konstruktorlik byurosini birlashtiradi. Ushbu byurolarda har bir uskunani mukammal tarzda chizmasini chizib bera oladigan mutaxassislar jamlangan. Sharkiy Berdax , Surgil, Sho'rtan, Kulbeshkak, Uchqir, Ko'kdumaloq neftgaz inshootlari asosiy loyiha ob'ektlari hisoblanadi .

Bosh konstruktorlik bo'limi yuqori texnik darajadagi loyihalash va konstruktorlik hujjatlarini rasmiylashtirish imkoniyatlari evaziga "ABB Group Consortium" (AQSH), "Krebs-Speichim" (Fransiya), "METEK Metal Technology(Isroil), AO "ASNEMA" (Litva) va boshka chet el kompaniya va firmalarining buyurtmalarini bajarib kelmokda. Bosh konstruktorlik bo'limida 70 dan ortiq malakali mutaxassislar mehnat qiladi.

Loyihalash jamoasi O'zbekiston Respublikasi qonunchiligi talablari asosida o'qitiladi va attestatsiyadan o'tkaziladi.

 

 

 

Yangiliklarga obuna

Siz yangiliklari «Neftgaz va Kimyo Mashinasozlik Zavodi» AJ obuna mumkin

So'rov

Bizning sayt sizga ma'qulmi

ha - 0%
yo'q - 0%

Total votes: 0